Главная/О нас/Дуальное образование в стенах театра

Дуальное образование в стенах театра

Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev boshchiligida institutning “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati” kafedrasi mudiri Jahongir Mamatqosimov hamda institut professor-o’qituvchilari Marina Yusupova, Shahobiddin Ikromovlar O‘zbekiston davlat Yoshlar teatrida bo’lishdi.


✅ Tashrifdan asosiy maqsad mazkur teatrda institutning “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati” kafedrasi filialini ochish va bu orqali о‘zaro ijodiy hamkorlikni yо‘lga qо‘yish hamda mustahkamlashdan iborat bo’ldi.

✅ Dastlab, teatr direktori Qoraqalpog‘istonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi, dotsent Farhod Jо‘rayev kafedra filialini ochish uchun mо‘ljallangan xona bilan tanishtirdi.
Shundan so’ng Nodirbek Sayfullayev kafedra filiali uchun zarur bо‘lgan jihozlar bilan ta’minlash yuzasidan zarur topshriqlar berdi.
Shuningdek u mazkur kafedra filialida talabalar uchun barcha shart-shraoitlar yaratilishi, teatr bilan ijodiy hamkorlikni mustahkamlash va yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda “Ustoz-shogird” an’analarida estrada teatri, ommaviy bayram va tomoshalar rejissurasi bо‘yicha yetuk kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

✅ Sundan so’ng teatrda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishildi. U yerda faoliyat yuritayotgan ustoz san’atkorlar, yosh kadrlar bilan ijodiy muloqot qilindi. 2026-2027-о‘quv yilidan institut va teatr hamkorligida dual ta’limni yо‘lga qо‘yish yuzasidan lozim bo’lgan barcha masalalar kelishib olindi.

Контакты
г. Ташкент, ул. Навои, 55